Kattaqo‘rg‘on tumanida bir guruh shaxslar ichida 720 mln so‘m bo‘lgan bankomatni o‘g‘rilab ketdi. Surishtiruv davomida apparat bo‘laklari tashlandiq joydan topildi. Holat bo‘yicha 4 kishi qamoqqa olindi.
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 3 nafar shartnoma asosida ishlaydigan harbiy xizmatchi bankomatlarni buzishga urindi. Holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB tomonidan jinoyat ishi ochildi. Ular tergov davomida gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, 1 nafariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Toshkent viloyatida uch nafar fuqaro ketma-ket ikkita bankomatni o‘g‘rilagani aniqlandi. Gumondorlar birinchi safar joyidan yechib olib ketgan bankomatning ichidan 138 mln so‘m chiqqan, ikkinchi safar esa bankomat ichida pul bo‘lmagan. Bo‘sh bankomat shu bois Chirchiq daryosiga tashlab yuborilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting